14-sentabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Jahon iqtisodiy forumi vakillari – Yevropa va Yevroosiyo yo‘nalishi rahbari Ditrih Jon hamda Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha hamkorlik rahbari Marven Garbaa bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Jahon iqtisodiy forumi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mamlakatning Forum tashabbuslari va hamjamiyatlarida ishtirokini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Kelgusi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari sifatida kreativ iqtisodiyot, madaniyat, turizm va inson kapitalini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning 2027-yil yanvar oyida Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida ishtirok etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.