O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Viktoriya va Albert muzeyida xonanda Layloning konserti hamda so‘zana kashtachiligi ustasi Yulduz Muhiddinovaning mahorat darslari o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi. Tadbirlar 2026-yilgi London dizayn festivalining asosiy maskanlaridan biri bo‘lgan muzeyning ommaviy dasturi doirasida tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar 2024-yilda Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan hamda 2025-yilda ilk bor o‘tkazilgan Buxoro biyennalesi qatnashchisi bo‘lgan o‘zbekistonlik rassom Aziza Qodiriyning “Yuboruvchi noma’lum” (Sender Unknown) installyatsiyasiga hamohang tarzda o‘tkazildi. “Yuboruvchi noma’lum” installyatsiyasi Viktoriya va Albert muzeyi buyurtmasi asosida, muzeyning Jameel dasturi doirasida yaratilgan bo‘lib, loyiha Sarixani oilasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.