O‘quv dasturining ikkinchi kuni I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi bilan tanishishdan boshlandi.

Ko‘pincha Nukusning asosiy madaniy muassasasi sifatida ta’rif etiladigan muzey mintaqaning badiiy va tarixiy muhiti bilan tanishish uchun muhim boshlang‘ich nuqtadir. Uning sara to‘plamlari xalq og‘zaki ijodi va an’analari bilan bir qatorda avangard tajriba amaliyotlarining rivojlanishi haqida tasavvur uyg‘otadi.

Orol maktabi uchun ushbu tashrif umumiy tasviriy va madaniy bog‘liqlikni yaratish jarayonining bir qismiga aylandi. Muzey arxivlariga sho‘ng‘ish ishtirokchilarga o‘z izlanishlarini kengroq tarixiy mazmun bilan asoslash va badiiy ifodaning makon bilan muloqotda qay tarzda tadrijiy rivojlanib borganini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

Ishtirokchilar ekskursiyadan so‘ng I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyining Arxeologiya bo‘limi mudiri Oktyabr Dospanovning ma’ruzasini tingladilar, bu esa mintaqaning arxeologik va madaniy tarixida muzey kolleksiyalari o‘rnini yanada teranroq anglattiradi.