30-sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida “Sharq nafasi” nomli musiqiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Kecha dasturi Sharq madaniy merosidan ilhomlangan musiqa va she’riyatni birlashtirdi. Taklif etilgan san’atkorlar ijrosida “Turandot”, “Knyaz Igor” va “Sadko” operalaridan ariyalar, shuningdek, rus mumtoz bastakorlarining Sharq she’riyati an’analariga mansub timsol va mavzularga murojaaat etilgan romanslari yangradi.

Dasturda Buryatiya Respublikasi xalq artisti Olga Jigmitova, tenor Ilya Xardikov, pianinochi Sergey Semyonov va aktrisa Olga Sveshnikova ishtirok etdilar.

Musiqiy-adabiy kecha O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkillashtirildi.