1-oktabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “San’at dunyosi” nomli II Rossiya san’at festivali doirasida “Opera durdonalari” gala-konserti bo‘lib o‘tdi.
Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida Rossiya opera sahnasining yetakchi ovoz sohibi va sohibalari chiqish qildilar.
Buryatiya Respublikasi xalq artisti Olga Jigmitova, Rossiya davlat akademik katta teatrining yakkaxon xonandalari Aleksandr Chernov va Guzel Sharipova, shuningdek, Moskva “Gelikon-opera” musiqali teatri ovoz sohiblari Valentina Pravdina va Konstantin Brjinskiy ijrosida jahon mumtoz operasi asarlari yangradi.
“San’at dunyosi” festivali O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etildi.