Fransiyaga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi vakillari “Manufactures nationales, Sèvres & Mobilier national” hunarmandchilik ustaxonalariga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Tashrif davomida o‘zbekistonlik hunarmandlar va fransuz dizaynerlari ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, kasbiy almashinuv dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, Buxoro biyennalesi doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Fransiya tomoni ham o‘zbek to‘qimachilik va an’anaviy hunarmandchilik mahsulotlariga qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida muassasaning ishlab chiqarish va ko‘rgazma maydonlari bo‘ylab tanishuv sayri o‘tkazilib, uning asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi.