2-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro jaz festivali doirasida V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining ikkita yoshlar ansambli: “East Band” va “SKYBAND” chiqish qiladi.

Xalqaro jaz festivali nafaqat jahon yulduzlari, balki o‘zini jiddiy namoyon etib kelayotgan yosh musiqachilar uchun ham makon hisoblanadi. Alina Alibekova boshchiligidagi “East Band” va “SKYBAND” xalqaro tanlovlar sovrindorlari va Vladimir Spivakovning onlayn-konserti ishtirokchilaridir.

Sizlarni soat 19:00 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda kutamiz.

Festival 28-apreldan 13-maygacha bo‘lib o‘tadi, barcha konsertlarga kirish bepul!