Dohadagi “O‘zbekiston: boqiy meros” ko‘rgazmasining Afrosiyob va qadimiy qo‘lyozmalardan tortib to zargarlik san’ati, kulolchilik va an’anaviy to‘qimachilik namunalaridan iborat osori atiqalarning bir qismini namoyish etamiz.

Ekspozitsiya yurtimizning ming yildan ortiq tarixini ochib beruvchi O‘zbekistondan keltirilgan 36 ta noyob muzey eksponatlari va sara to‘plamlarini jamlaydi. Ularning har biri bu tarixning o‘ziga xos qismini – avlodlardan avlodlarga sayqallanib, voris bo‘lib kelgan mahorat, bilim va badiiy an’analardan hikoya qiladi.

Ko‘rgazmaning ayrim ashyolariga yaqindan razm solish uchun charxpalakni varaqlang.