8-aprel kuni Parijdagi YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekistonning YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova YUNESKO bosh direktori Xolid al-Ananiy bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YUNESKO o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, Ta’lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot sohalarida kelgusidagi hamkorlikni belgilab beruvchi 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Ushbu bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslarni amalda ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.