Samarqand Marafoni 2019-yilda tashkil etilgan xalqaro xayriya poygasidir. Samarqand shahrida sport bilan bir qatorda Samarqand Marafoni doirasidagi maʼrifiy va madaniy dasturlar ham oʻtkazilmoqda. Mehmonlar uchun konsertlar va filmlar namoyishi bilan boy madaniy dastur ham taqdim etiladi.

Tadbir “Samarqand marafoni” xayriya poygalarining bir qismidir. Musobaqalar mamlakatimizda madaniyat va san’at obyektlarida inklyuzivlikni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport turizmini rivojlantirishga jamoatchilik e’tiborini jalb etish borasidagi vazifalarni hal etishga xizmat qilmoqda.