2-may kuni Xalqaro jaz festivalida oʻzbekistonlik jamoalar — “Anush Band” hamda Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi o‘quvchilari bo‘lmish “East Band” va “SKYBAND” guruhlarining chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu yosh va jozibador guruhlarning yangi sadolari o‘zining ohanrabosi bilan Toshkent ahli musiqa ixlosmandlari qalbini zabt etdi. Ko‘tarinki ruh muhiti — foto lavhamizda. 

Festival 13-maygacha davom etadi. Boshqa konsertlarni o‘tkazib yubormang — kirish bepul!