“Palazzo Citterio” saroyida “WHY Architecture” asoschisi va rahbari Kulapat Yantrasast san’at muhofizligidagi “O‘rik gullaganda” nomli ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.

“Milan Design Week” haftaligida xalqaro dizaynerlarning o‘zbek hunarmandlari bilan yaqin hamkorlikda yaratilgan asarlari namoyishga qo‘yilgani madaniy almashinuv va an’anaviy uslublarni saqlab qolishning ahamiyatini ta’kidlaydi.

Loyihada Studio CoPain (Lucile Michel Jean Barbier, Léa Adrienne Barden, Sidonie Lepetit), Sevara Haydarova, Raw Edges (Yael Mer, Shay Alkalay), Nifemi Marcus-Bello, Marcin Rusak, Ruben Saakyan and Roman Shtengauer, Fernando Laposse, Didi Ng Wing Yin, Bobir Klichev, Bethan Laura Wood, Glithero (Sarah van Gameren, Tim Simpson) hamda Sanne Visser ishtirok etmoqdalar.