Vladimir Spivakov va Yekaterina Mechetina Toshkentda!
4 may kuni “O‘zbekiston” Xalqaro forumlar saroyida simfonik musiqa kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda SSSR xalq artisti, YUNESKO Tinchlik elchisi unvoni sohibi Vladimir Spivakov hamda Rossiya Milliy filarmoniya orkestri ishtirok etadi.
Kechaning yakkaxon ijrochisi —Yekaterina Mechetina. U fortepiano uchun yozilgan Sergey Raxmaninovning Ikkinchi fortepiano konsertini ijro etadi.
Dasturdan, shuningdek, Gabriel Forening “Pavana”si hamda Moris Ravelning mashhur “Bolero”si ham o‘rin olgan.
Chiptalar iTicket’da (https://iticket.uz/ru/events/concerts/vladimir-spivakov-masterpieces-of-world-music) mavjud.