2026-yilgi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi “Kreativ iqtisodiyot: narrativlar raqobati yoki ma’nolar atrofida birlashish” mavzusida xalqaro hamkorlik va madaniy muloqotni rivojlantirishda kreativ sanoatning roliga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kreativ iqtisodiyot sektori mudiri Bobirmirzo Sayomov ishtirok etib, kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha mamlakat tajribasini taqdim etdi va kreativ sanoatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va asosiy tashabbuslar haqida so‘zlab berdi.

Taqdim etilgan keyslar xalqaro ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ekspertlar O‘zbekiston kreativ sektorining jadal rivojlanayotganini ta’kidlab, mamlakatda ushbu sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotganliklarini ta’kidladilar.