Milan dizayn haftaligidagi O‘zbekiston milliy pavilioni “Fuorisalone” mukofotiga sazovor bo‘lib, “Eng a’lo badiiy qurilma” mukofotining nomzodlar oldi ro‘yxatiga ham kiritildi.

“Fuorisalone” Milan shahri bo‘ylab ko‘rgazmalar va badiiy qurilmalarni birlashtirib, butun shaharni xalqaro dizayn maydoniga aylantiradi. 2024-yilda ta’sis etilgan “Media Partners” maxsus e’tirofi mukofoti 12 ta loyihadan iborat sara ro‘yxat orasidan munaqqidlarning tanlovi sifatida OAV hamkorlari tomonidan taqdim etiladi.

“O‘rik gullaganda” loyihasi an’anaviy uslublarning salohiyatini zamonaviy dizayn manzarasida ochib berib, Orolbo‘yining madaniy va ekologik masalalariga murojaat etadi.

Pavilionimiz “Milan Design Week”ning diqqatga eng sazovor  loyihalaridan biriga aylandi.