O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev turli sohalar, jumladan, madaniyat va san’at vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

“Shuhrat” medali bilan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining o‘rinbosari, Toshkent Zamonaviy san’at markazining qurilishi va ushbu loyihaning amalga oshirilishiga yetakchilik qilib kelayotgan Saidaziz Ishanxodjayev.

Loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i, shu jumladan, Buxoro biyennalesi loyihasini amalga oshirish masalalariga yetakchilik qilib kelayotgan Salohiddinxo‘ja Sur’atxo‘jayev.

“Samarkand Marathon” turkumiga mansub marafonlarni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i Mirxan Sagitov taqdirlandilar.

Mukofotlanganlar xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuvga xizmat qilgan holda Jamg‘armaning madaniyat, san’at, sport va ijtimoiy tashabbuslar sohalaridagi qator loyihalarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etib kelmoqdalar.