Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo sanʼatiga doir yangi BOSMA nashrini taqdim etadi.
Nashrda sanʼat, me’morchilik, dizayn, moda, adabiyotga oid materiallar va fotosuratlar, jumladan, tadqiqotlar, intervyular, arxiv ma’lumotlari va tasviriy loyihalar mavjud.
BOSMA mintaqa madaniy muhitini shakllantiruvchi badiiy amaliyotlar va g‘oyalarni Markaziy Osiyo tarixi va xalqaro madaniy jarayonlar manzarasida tadqiq etadi.