O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va BMT Ayollar tashkiloti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va BMTning O‘zbekistondagi Ayollar mamlakat dasturi rahbari vazifasini bajaruvchi Zeliha Unaldi tomonidan imzolanib, u gender tenglikni ilgari surish va gender zo‘ravonlikning oldini olish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Sherikchilikning ilk bosqichi “Samarkand Marathon” turkum yugurish musobaqalari doirasidagi hamkorlikni qamrab oladi. Ushbu tadbirlar sport, madaniyat va ijtimoiy kun tartibini birlashtirgan qo‘shma tashabbuslar, shuningdek, unda ishtirok etishning xavfsiz va inklyuziv muhitini targ‘ib etish uchun platforma bo‘ladi.
Bitim inklyuziv amaliyotlarni rivojlantirish hamda madaniy va ijtimoiy loyihalar orqali jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli va tizimli sheriklik uchun asos yaratadi.