2, 3 va 4-noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnasida Georg Fridrih Gendelning “Tamerlano” operasi namoyishlari bo‘lib otadi.

Gendel musiqasi Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida Kirill Rihterning zamonaviy talqinida yangraydi. Orkestr sadolari o‘zbek milliy cholg‘ulari ohanglari bilan yanada boyiydi.

Chiptalar havola orqali mavjud.