Nukus shahridagi I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodadagi avangard” nomli keng ko‘lamli ko‘rgazma loyihasi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Nadejda Kashina Oliy badiiy va texnik institutida o‘qib yurgan kezlaridayoq ranglarni favqulodda nozik his etish qobiliyati bilan ajralib turar edi. Shuning uchun ham Kashina O‘zbekistonga faqat qalb amri bilan ko‘chib borgani ajablanarli emas edi: u jilolar ortidan izlab kelgandi. 1930-yilda musavvirning Moskvadagi zo‘r ijodiy muhit ham, ko‘rgazma istiqbollari ham shakllanib ulgurgan bo‘lishiga qaramay, u O‘zbekistonga butunlay ko‘chib keladi. Bu yerda u odamlar fe’l-atvori va turmushini o‘rganishga kirishadi, bu esa uning rangtasvirlarida o‘sha zahotiyoq o‘z ifodasini topadi. Post-impressionizm janrida yaratilgan “Samarqanddagi mahkama” asari noodatiy marosimni ochib bergan bo‘lib, undagi his-tuyg‘ularni Kashina mato suratda yorqin gavdalantirgan.
“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi 2026-yilning bahorigacha davom etadi.
🖼 Nadejda Kashina, “Samarqanddagi mahkama”.