“Qozon Kremli” muzey-qo‘riqxonasida 1920-1930-yillardagi sovet, o‘zbek va rus modernizmining kam o‘rganilgan qatlamiga bag‘ishlangan “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ekspozitsiyada 1929–1931-yillarda nom chiqargan “13” nomli badiiy guruhning asarlari namoyishga qo‘yilgan. Uning asoschisi Vladimir Milashevskiy Yevropa grafikasiga chaqiriq tashlab, SSSRda zamonaviy rasmning butunlay yangi turini yaratishga qaror qiladi. Dastlab, guruhga 13 nafar musavvir: Oliy badiiy va texnik ustaxonalarini o‘sha kezlari bitirganlar, “Gudok” jurnalining grafik rassomlari hamda havaskor rangtasvirchilar kiradi. Keyinchalik ko‘rgazma tarkibiga Nadejda Kashina, Nadejda Udalsova, Aleksandr Drevin va boshqalar ham kiradilar. Rangtasvirchilar bir zumda, xotiradan emas, balki naturadan ishlashga hatto yongan gugurt kukunlari bilan ham chizishga intiladilar. Shu tariqa mazkur guruhga mansub rassomlar darvga doir buyumlar, shahar muhitining jo‘shqin sur’ati, eski va yangi dunyo o‘rtasidagi tavofutlarni mohirona gavdalantiradilar.

“Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi 2026-yil 5-aprelgacha davom etadi.