“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti “Grosses Festspielhaus” sahnasida, Zalzburg shahrida katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Nemis xoreografi Raul Raymondo Rebek tomonidan sahnalashtirilgan ushbu asar YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy xorazmcha lazgi raqsiga bag‘ishlangan.

Mazkur chiqish o‘zbek milliy san’atini xalqaro maydonda targ‘ib etishda muhim qadam bo‘lib, “Lazgi” dunyo bo‘ylab tomoshabinlar qalbini zabt etishda davom etayotganining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.