2026-yilgi Toshkent dizayn haftaligining yalpi muhokamalari doirasida ʻʻWilmotte & Associésʼʼ xalqaro meʼmorchilik byurosi boshqaruvchi direktori Borina Andreu ʻʻDizayn-kod va madaniy o‘zlikʼʼ mavzusida taqdimot qildi.

Ma’ruza shaharning madaniy o‘ziga xosligini shakllantirishda arxitektura va dizaynning o‘rni, shuningdek, tarixiy meros, mahalliy an’analar va zamonaviy loyihalash yondashuvlarini uyg‘unlashtirgan holda mutanosib shahar muhitini yaratishda dizayn kodining ahamiyatiga bag‘ishlandi.