2 va 3 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida rejissyor Stefano Poda tomonidan sahnalashtirilgan Georg Fridrih Gendel va Kirill Rihterning “Tamerlano” operasi namoyish etildi. Partiturani dirijyor Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ijro etdi.

Avvalroq O‘zbekistonda spektakl faqat ikki yil oldin premyerada namoyish etilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida u dunyoning eng yirik sahnalarida muvaffaqiyatli taqdim etildi, endilikda poytaxt jamoatchiligi undan yana bir bor bahramand bo‘ldilar.

Namoyish 4-noyabrda ham o‘tkaziladi.