Toshkent xalqaro jaz festivali doirasida fransuz trubachisi, bastakor va Yamaha san’atkori, Fransiya jaz sahnasining eng yorqin va talabgir sozandalaridan biri Sylvain Gontard chiqish qiladi.

Parij Milliy konservatoriyasining jaz fakulteti bitiruvchisi, Leopold Bellan xalqaro musobaqasi, Paris Montmartre jaz musobaqasi, Xalqaro musiqa ko‘prigi kabi qator eng nufuzli xalqaro tanlovlar sohibi. Mishel Legran, Vinton Marsalis va Layza Minelli bilan hamkorlik qilgan!

Festivalda u dirijyor Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida chiqish qiladi.

Sizni 9-may kuni soat 19:30 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda kutib qolamiz.

Festival 28-apreldan 13-maygacha bo‘lib o‘tadi, barcha konsertlarga kirish bepul!