TOSHKENTDA MRBEAST BILAN O‘YINLARGA ATIGI 48 SOAT QOLDI!

9-oktabr kuni dunyodagi eng mashhur YouTube blogeri MrBeast ilk bor Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi va Toshkentda o‘z muxlislari uchun interaktiv o‘yinlar o‘tkazadi.

Ishtirokchilarni turli sinovlar, viktorinalar va qimmatbaho sovrinlar kutmoqda. O‘yinlarda ishtirok etish imkoniyati har kimda bor: ishtirokchilar talablarga javob beradigan barcha ro‘yxatdan o‘tganlar orasidan tasodifiy tarzda tanlab olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish 8-oktabr soat 12:00 gacha davom etadi.

Ishtirok etish bepul va 18 yoshdan oshgan barcha uchun ochiq. Har bir ishtirokchi faqat bir marta ariza topshirishi mumkin.

Toshkentdagi MrBeast o‘yinlarining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Rasmiy ro‘yxatdan o‘tish — havola orqali.