24-fevral kuni O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi raisi Gayane Umerovaning Los-Anjeles okrugi San’at muzeyi (LACMA) direktori Maykl Govan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik istiqbollari, muzey tashabbuslarini rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, restavratsiya va madaniy meros obyektlarini asrash sohasida tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Jamg‘arma delegatsiyasi muzeyning ekspozitsiya maydonlari hamda ayni paytda namoyish etilayotgan ko‘rgazma loyihalari bilan tanishdi.