10-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnasida “Tumor” raqs ansambli, Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri, yaponiyalik xonanda va bastakor Tokiko Kato, pianinochi Yoko Kano va maxsus mehmon, opera xonandasi Jenisbek Piyazov ishtirokida Yaponiya-O‘zbekiston musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.

Kecha dasturida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ijrosidagi asarlar va Tokiko Katoning vokal dasturi yangraydi. Ular orasida “Million alvon atirgul”, “Porko Rosso” animatsion filmining yakunlovchi mavzusi “Ba’zan o‘tmishni eslaymiz” hamda “Higashikava qo‘shig‘i: bu yer Yerning markazi” kabi mashhur asarlar bor.

Chiptalarni quyidagi manzillardan xarid qilish mumkin: https://iticket.uz/ru/events/concerts/japanese-uzbek-music-festival-tokiko-kato/52572