Do‘stlar, diqqat!

3-oktyabr kuni Millatlar teatrining “Kanareyka” spektakli namoyish etiladi.

Iltimos, e’tibor qiling: Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga kirish faqatgina xizmat yo'lagi orqali amalga oshiriladi.

Tomoshabinlarni o‘ziga xos sahna bezaklari, hayratomuz muhit va spektakl ramziga aylangan jonli kanareyka kutmoqda. Buyuk opera divasi olamiga sho‘ng‘ish imkoniyatini boy bermang — bu ertaga sodir bo‘ladi!

🎫 Chiptalar: iticket.uz saytida.