21-aprel kuni Toshkentda, “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bastakor Maks Rihterning konserti bo‘lib o‘tadi. Bu uning mamlakatimizdagi ilk chiqishi bo‘lib, zamonaviy klassik musiqa ixlosmandlari uchun uzoq kutilgan muhim voqeadir.
Konsert bastakorning “In A Landscape” albomiga bag‘ishlanadi. Maks Rihter klassik orkestr musiqasini zamonaviy elektron unsurlar bilan o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtira olishi bilan tanilgan bo‘lib, uning asarlari butun dunyo bo‘ylab tinglovchilar qalbidan joy olgan.
Chiptalar iticket.uz (https://iticket.uz/ru/events/concerts/max-richter/42474)'da