Toshkent xalqaro jaz festivali doirasida Kurt Elling — ikki karra Grammi mukofoti sovrindori va zamonaviy jaz vokalining eng yorqin namoyandalaridan biri — sahnaga chiqadi.
“The New York Times” nashri uni “zamonaviy davrning eng yaxshi erkak jaz ovozi” deya e’tirof etgan bo‘lsa, “The Guardian” uni “g‘ayrioddiy imkoniyatlarga ega Sinatra”ga qiyoslaydi. Yigirma besh yildan ortiq ijodiy faoliyati davomida Elling Nyu-York filarmoniyasi hamda Kaunt Beysi orkestri bilan sahnaga chiqqan, 2024-yilda esa Brodveydagi “Aid” myuziklida debyut qilib, tanqidchilarning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Sizni 5-may kuni soat 20:00 da “O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda kutamiz.
Festival 28-apreldan 13-maygacha davom etadi — barcha konsertlar uchun kirish bepul!