5-may kuni Xalqaro jaz festivali doirasida ikkita ajoyib chiqish bo‘lib o‘tdi. Ruminiya Elchixonasi taklifiga binoan “Jazzappella” vokal ansambli sahnada jaz, folklor va estrada musiqasining “a kapella” xitlarini yuksak mahorat bilan ijro etdi. Jamoani Favqulodda va Muxtor Elchi Daniel Kristian Chobanu olqishladi. Shundan so‘ng sahnaga amerikalik xonanda, ikki karra “Grammy” laureati Kurt Elling chiqdi va o‘zining jozibasi bilan tomoshabinlarni rom etdi. Tadbir jarayoni — foto lavhamizda!

Festival 13-maygacha davom etadi, boshqa konsertlarni o‘tkazib yubormang — kirish bepul!