Bu yilgi jaz festivali O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, qo‘shiqchi va bastakor Mansur Toshmatov boshchiligidagi “Jazz-Bend”ning yorqin konserti bilan yakunlandi.
Xalqaro tanlovlar laureati, 1978-yilda “Oltin Orfey” xalqaro tanlovi sohibi bo‘lib, uchinchi o‘rinni egallagan. U turli yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va ko‘plab mamlakatlarda chiqishlar qilib, o‘zbek musiqa madaniyatini xalqaro sahnada doimiy ravishda namoyon etib kelgan.
Konsert 13-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida bo‘lib o‘tdi va 28-apreldan 13-maygacha davom festivalning avj nuqtasiga aylandi.