2-noyabr kuni Toshkentda Yaponiya va O‘zbekiston madaniy hamkorligi konserti bo‘lib o‘tadi – bu ikki mamlakatning taniqli ijrochilarini birlashtirgan noyob musiqiy tadbirdir. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida yaponiyalik sozandalar Kazuhiro Miyamura (goboy), Maoko Katsumura (skripka), Mitsutsune Sudzimoto (truba), Tasaichiro Mochidzuki (sudzumi) hamda Alibek Kabdurahmanov rahbarligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri chiqish qiladi.

Konsert Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy almashinuv ramzi bo‘ladi. Dasturdan Sharq va G‘arb an’analari, mahorat va ilhom uyg‘unlashgan mumtoz va zamonaviy musiqa asarlari o‘rin olgan.

📆 Sana: 2025-yil 2-noyabr
🕖 Vaqt: 19:00
📍 Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri, Toshkent
🎟 Chiptalar Iticket.uz’da