🎷Toshkentda yana jaz yangramoqda!

Xalqaro jaz festivali afsonaviy amerikalik bas-gitarachi Stenli Klark va uning guruhi konserti bilan boshlandi. Bizning foto lavhamizda Stenlining yorqin jaz-fyujn badihalari va tomoshabinlarimizning yashirib bo‘lmas zavqlari namoyon!

28-apreldan 13-maygacha — har oqshomda konsert: jahon miqyosidagi yulduzlar, yangi nomlar, kutilmagan jo‘rliklar hamda o‘zbek jazining qoya ustunlari!

Sizni navbatdagi konsertlarda kutib qolamiz — festival 13-maygacha davom etadi!

Kirish bepul.