O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Mojaroli hududlarda madaniy merosni himoya qilish xalqaro alyansining boshqaruv organi – ALIPH Kengashining XVII yig‘ilishida ishtirok etdi. O‘zbekiston 2025-yildan buyon ALIPH Kengashi a’zosi hisoblanadi. Yig‘ilish doirasida tashkilot faoliyatining strategik yo‘nalishlari, yangi xalqaro loyihalar va madaniy merosni saqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Muzey kolleksiyalarini saqlash, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va restavratsiya sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tashabbuslar ham muhokama qilindi.