Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Xalqaro balet festivali doirasida “Balletto di Roma” truppasining “Dinkanto” baleti namoyish etildi.

Rimlik jamoa Toshkent tomoshabinlariga zamonaviy balet namunalarini taqdim etdi — unda yorqin sahna bezagi va dolzarb xoreografik til raqs san’atining yangi qirralarini ochib beradi. Ushbu spektakl klassik an’ana va zamonaviy plastik ifoda o‘rtasidagi nozik muloqotni namoyon etadi.