24-oktabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” nomli multimedia ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi.

Ko‘rgazma XX asr Markaziy Osiyosining badiiy merosi hamda rassom, san’at shinavandasi va Nukusdagi san’at muzeyi asoschisi Igor Savitskiy sara to‘plamlariga bag‘ishlangan.

Ko‘rgazma O‘zbekiston san’ati tarixi, badiiy yo‘nalishlarning rang-barangligi hamda an’analar va zamonaviylik o‘rtasidagi bog‘liqlikni kashf etgan holda rangtasvir, musiqa, nurlar tarovati va harakatni birlashtiradi. 

Ko‘rgazma Tashkent City Mall’da bo‘lib o‘tadi va 2026-yil 24-oktabrdan 2027-yil 24-yanvargacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.