“O‘rik gullaganda” ko‘rgazmasi doirasida Garden Pavilion maydonida har kuni O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchilik amaliyotlarini jonli tajriba va ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar bilan muloqot orqali ochib beruvchi mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

Mahorat darslaridan biri yog‘och o‘ymakorligiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni yog‘och o‘ymakorligi ustasi Abdulla Abdurazzoqov olib bormoqda.

Usta dizaynerlar Marsin Rusak, Glithero, Bobir Klichev, Fernando Laposse, Sanne Visser, Nifemi Markus-Bello va boshqalarning g‘oyalari asosida qator noyob yog‘och shakllarini yasadi.