24–26-sentabr kunlari madaniyat muassasalari, davlat tuzilmalari va professional hamjamiyat vakillarini jamlagan XII Sankt-Peterburg xalqaro birlashgan madaniyatlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida Bobirmirzo Sayomov “Obyektdan marshrutgacha: biznes va madaniyat sherikligi hududlarni naqadar o‘zgartirmoqda” mavzuidagi yalpi muhokamada ishtirok etdi. Bahs-munozaralar markazida madaniy merosni asrab-avaylash, madaniy va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar hamda hududlarni kompleks rivojlantirishda uzoq muddatli hamkorlikning roli kabi masalalar o‘rin oldi.

Anjuman Jamg‘arma tomonidan Davlat Ermitaji bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Saroy xosxonalarini kashf etib: Buxoro amiri saroyidagi san’at” ko‘rgazmasi davom etayotgan Davlat Ermitajida bo‘lib o‘tdi. Buxoro amirligi badiiy madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma 4-oktabrga qadar ochiq.