“ARAL ULTRA”ning birinchi kuni ortda qoldi!

Bugun Nukus yugurishlar bilan yashadi: ishtirokchilar start to‘plamlarini olib, ploggingda chiqindilardan maydonni tozalashdi, eng navqiron chopqirlar esa KIDS RUN startlarida saf tortishdi. Kunning yakuniy avj nuqtasi Davlat bayrog‘i maydonida 2 km masofaga yugurish bo‘ldi.

Ertaga shahar bo‘ylab yugurish sayohati va “Aral Ultra” ma’ruzalari o‘tkaziladi. 3-oktabr kuni yugurish musobaqasi Ustyurt platosi tomon ketadi.

Biz bilan qoling! 🙌🏻