“Milan Design Week 2026” doirasida “Orol maktabi” ishtirokchilari Orolbo‘yi hududi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari natijasida yaratilgan 12 ta obyektni taqdim etmoqda. Maktabning ilk to‘plami suv va oziq-ovqat ekotizimlari mavzulariga bag‘ishlangan.
Mintaqaning ekologik va ijtimoiy transformatsiyalari sharoitidagi kontekstga murojaat qilgan holda, ishtirokchilar mavjud barqaror materiallarni yangicha talqin etmoqda.
Ko‘rgazma keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, unda mahalliy tajribaning tadqiqot va dizaynning universal tiliga aylanish jarayoni namoyon etiladi.
Mazkur tashabbus Orolbo‘yi mintaqasi uchun barqaror yechimlar izlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti dasturlari va kengroq davlat strategiyasi doirasida rivojlanmoqda.