O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Savitskiy muzeyida bo‘lib o‘tgan Orol maktabi Assambleyasi doirasida me’mor, kurator va yozuvchi Jozef Grima dastur direktori sifatida Orol maktabining ikkinchi qabuliga ochiq tanlov e’lon qiladi. Jozef Grima e’lon arafasida Nukusga tashrif buyurib, Orol dengizi havzasi bo‘yicha Xalqaro innovatsiya markazida bo‘ldi hamda birinchi qabul bitiruvchilari bilan birgalikda hudud olimlari, me’morlari va tarixchilari bilan uchrashdi.
Orol maktabi — Orol dengizining ekologik muammolariga javob izlashga qaratilgan fanlararo oliy ta’limdan keyingi dastur. U O‘zbekistondan mahalliy va xalqaro ishtirokchilarni birlashtirib, madaniy va ekologik tiklanish yechimlarini o‘rganishga qaratilgan. Orol maktabida bilimlarni har bir keyingi dasturga uzatishga alohida e’tibor qaratiladi. Ikkinchi qabul "Iqlim va landshaft" mavzusiga bag‘ishlanib, 2027-yil yanvaridan iyunigacha — olti oy davomida Nukusda rezidensiya shaklida o‘tkaziladi. Ochiq tanlov 24-oktabr kuni yakunlanadi, yangi qabul tarkibi esa 1-dekabr kuni e’lon qilinadi.
Ariza topshirish uchun havola.