Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro jaz festivali doirasida vokalchi Anush Gurjiyeva boshchiligidagi “Anush Band” kvarteti chiqish qiladi.
“Ovoz” vokal loyihasi finalisti va O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xonandasi Anush AQSH va Germaniyaning an’anaviy jazdan tortib rokgacha bo‘lgan jaz jamoalari bilan chiqish qilgan. Sahnaga u bilan birga gitarachi Semyon Konov, klaviaturachi Shohjahon Qodirov, baschi Og‘abek Saydullayev va barabanchi Elyor Xo‘janazarov ijro etadi.
Sizlarni 2-may soat 19:30 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda kutamiz.
Festival 28-apreldan 13-maygacha bo‘lib o‘tadi, barcha konsertlarga kirish bepul!