Vladimir Spivakov va Yekaterina Mechetinaning Toshkentdagi konserti uchun barcha chiptalar xarid qilib bo‘lindi!

4-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Vladimir Spivakov va Rossiya milliy filarmonik orkestri ishtirokida simfonik musiqa kechasi bo‘lib o‘tadi.

Kechaning yakkaxon sozandasi Yekaterina Mechetina Sergey Rahmaninov dahosiga mansub 2-sonli konsertni ijro etadi, shuningdek, Gabriel Forening “Pavana” va Moris Ravelning “Bolero” taronalari ham yangraydi.

Ushbu tadbirga qiziqish va ishonch bildirgan barchaga minnatdorlik bildiramiz!