9-may — Xotira va qadrlash kuni tinchlik va ozodlik himoyasida jonini ayamagan fidoyilarga chuqur hurmat bajo keltirish va minnatdorchilik izhor etish kunidir. Biz dovyurakligi, matonati va Vatanga sadoqati bilan qalbimiz va xotiramizda mangu saqlanib qoladigan qahramon va faxriylarni alohida ehtirom bilan yodga olamiz.

Ushbu sana avlodlarni birlashtirib, bizga o‘zaro bahamjihatlik va inson sha’nining naqadar muhim ekanini yana bir bor eslatadi. O‘tgan ajdodlarning ibratli jasoratlari haqidagi xotira bizni tinchlik ne’matining har bir lahzasini qadrlashga ilhomlantirsin.

Hurmat va yorug‘ xotiralar bilan,

O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

🖼 Vasiliy Rojdestvenskiy, “Samarqanddagi parad”.