YUNESKO va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida ilk bor Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston: barhayot meros” fotoko‘rgazmasini namoyish etdi.
Ko‘rgazma muallifi taniqli fotosuratchi Laziz Hamaniydir. Uning 97 dan ortiq suratlari O‘zbekiston madaniy merosining go‘zalligi va xilma-xilligini aks ettiradi: unda Registon gumbazlari, Buxoro qadama koshinlari, Xiva qal’alari, Marg‘ilon ipak to‘quvchilari, Rishton kulollari va Toshkent yog‘och o‘ymakorlari mahorati gavdalangan.
“O‘zbekistonning madaniy merosi nafaqat o‘tmish haqida xotira, balki bugungi kun bilan jonli muloqotdir”, — deya ta’kidladi Jamg‘arma raisi Gayane Umerova. Ko‘rgazma YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida 2026-yil yanvar oyining boshiga qadar tashrif buyuruvchilar uchun muntazir.
