“Noviy Iyerusalim” muzeyi (Moskva viloyati)da 1920–1930-yillardagi sovet, o‘zbek va rus modernizmining kam o‘rganilgan qatlamiga bag‘ishlangan “Olamlar orasidagi nur” nomli xalqaro ko‘rgazma o‘z ishini davom etmoqda.
Onasi gilamdo‘z bo‘lgan oilada tavallud topgan rassom Nikolay Karaxan bolaligidanoq jimjimador naqshlash usullarini puxta o‘zlashtiradi. 1920-yillarda rassom allaqachon o‘rta maxsus o‘quv yurtida san’atdan dars berib, 1930-yillarda “Volkov brigadalari” badiiy to‘garagiga a’zo bo‘lib qo‘shiladi. Rassomning o‘sha kezlardagi ijodiy davri mo‘yqalam bo‘yoqlarining yorqinligi hamda tasvirlarga nisbatan tajriba-sinov yondashuvi bilan ajralib turadi. “Ishga otlanib” suratida Karaxan post-avangard uslubida erta sahardan dalaga ketmonlari bilan ishga ketayotgan ziroatchi dehqonlarni gavdalantirgan.
“Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi 2025-yil 8-noyabrga qadar davom etadi.