Keng ko‘lamli restavratsiya va ekspozitsiyalarni yangilash ishlaridan so‘ng Samarqandning mashhur obidalari — Amir Temur maqbarasi, Registon maydonidagi Ulug‘bek va Tillakori madrasalari o‘z davrining asl ruhi va tarovatini saqlagan holda yangicha qiyofa kasb etdi.

Mirzo Ulug‘bek qo‘lyozmalaridan tortib Amir Temur tarixi bilan bog‘liq arxiv hujjatlarigacha bo‘lgan yuzlab noyob eksponatlar endi multimedia shaklida ham namoyish etilmoqda.

Samarqand — qudrat va ilhom maskani.

Quvonarli jihati shundaki, YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi mehmonlari yaqin kunlarda o‘lkamizning qadimiy poytaxti boy xazinalariga munosib baho berish imkoniga ega bo‘ladilar.