Parijga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovani “Fondation Cartier pour l’Art Contemporain” (zamonaviy san’at fondi) bosh direktori Kris Derkon samimiy kutib oldi. Ular birgalikda Parij markazida joylashgan, tarixiy bino negizida ehtiyotkorlik bilan restavratsiya qilingan fondning yangi maskanida ochilgan “Exposition Générale” ko‘rgazmasini tomosha qildilar. Ko‘rgazmada muassasa to‘plamidagi 4 500 asardan 600 tasi namoyish etilgan edi.

Ushbu uchrashuv kelajakdagi hamkorlik va tajriba almashish rejalari yo‘lida muhim qadam bo‘lib, zamonaviy muammolarni hal etishda san’atning o‘rni hamda madaniyatlararo ijodiy aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.